Metroda yoʻtalayotgan ayol doʻpposlandi
Kecha, 4-oktyabr kuni Moskva metrosida yoʻtalayotgan ayol doʻpposlandi. Bu haqda Gazeta.ru manbasi xabar berdi.
Voqea “Profsoyuznaya” metro stansiyasida roʻy bergan. Ushbu holatlar aks etgan video allaqachon tarmoqlarda tarqalib ketgan.
Erkak kishi platformada ayol kishiga u va boshqa yoʻlovchilar poyezdni kutishayotgan paytda yaqinlashadi. Avvaliga u yoʻtalayotgan ayolni itarib yuborib, soʻngra vagonda mushtlab ketgan.
Ayolning yoʻtalgani, boz ustiga niqob taqmagani hodisaga sabab qilib koʻrsatilyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring