“Meta Trader” platformasi orqali fuqarolarni aldab, pullariga egalik qilgan firibgar qoʻlga olindi
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida yashovchi 41 yoshli S.B. murojaat qilib, “Meta Trader” platformasi orqali pullarini qaytarib olishda yordam berish evazga 2.322.297 soʻm pullarini oʻtkazdirib olib, aloqani uzib qoʻyganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida yashovchi 19 yoshli S.R. sodir etganligi aniqlangan.
Unga koʻra, S.R. oson pul topish maqsadida internet ijtimoiy tarmogʻining “Meta Trader” platformasi orqali pul ishlab, pullarini ololmagan shaxslarga “pullarni olishda koʻmaklashaman” deya fuqarolarni ishontirib, ushbu platforma orqali pullarini ololmayotgan S.B.ni ham pullarini olishda koʻmaklashish bilan ishontirib, oʻzining yurituvida boʻlgan bank kartasiga jami 2.322.297 soʻm pullarni oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan S.R.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring