Meta, Plug and Play, Nokia, ZTE, Huawei, Innotech, Yandex, Astana hub – “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” haftaligida ishtirok etadi
AOKAda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda vazirning birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Unda 24-27-oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Silk road Samarkand” majmuasida oʻtkaziladigan “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Mazkur AKT haftaligi doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan:
— “ICTWEEK Uzbekistan” sammiti – Oʻzbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va islohotlarni muhokamasiga qaratilgan tadbir;
— “Digital Eurasia” forumi – axborot texnologiyalari sohasidagi muammolarni hal etish masalalari va ushbu sohadagi muhim islohotlarni muhokama qilishga qaratilgan xalqaro tadbir;
— “ICTEXPO” koʻrgazmasi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro koʻrgazma;
— “BPO sammiti” – masofadan xizmatlarni koʻrsatish autsorsing yoʻnalishida yuqori tajribaga ega yirik xalqaro IT kompaniyalari oʻzaro tajriba almashadi.
— “IT-taʼlim sammiti” – IT taʼlim yoʻnalishidagi jahon tajribalarini hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilinadi.
— “CIO SUMMIT” – IT sohasida nodavlat notijorat kompaniyalari va davlat tashkilotlarining oʻzaro hamkorlik uchrashuvi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring