Messining goli Argentinaga JCH-2022 saralash bosqichida Urugvayni magʻlub etishga yordam berdi
Argentina futbolchilari JCH-2022 saralashida Urugvayni oʻz maydonida magʻlub etdi.
Yakshanba kuni Buenos-Ayresda boʻlib oʻtgan uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Gollarga Lionel Messi (38 -daqiqa), Rodrigo De Paul (44) va Lautaro Martines (62) mualliflik qildi.
Yana bir uchrashuvda Chili terma jamoasi Paragvay terma jamoasini magʻlub etdi — 2:0.
Qayd etilishicha, Argentina terma jamoasi 22 ochko bilan Janubiy Amerika saralash hududi reytingida ikkinchi, Urugvay terma jamoasi (16) toʻrtinchi, paragvayliklar (12) oltinchi, chililiklar (10) sakkizinchi oʻrinni egallagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring