Messi yana Barselonaga qaytdi
Foto: Getty Images
Argentinalik hujumchi Lionel Messi Kataloniya poytaxtida “Barselona” bosh murabbiyi Xavi bilan uchrashdi. Yakshanba kun “PSJ” – “Reyms” (4:0) uchrashuvidan soʻng argentinalik futbolchi Kataloniyaga uchib kelgan.
OnzeTv3 xabariga koʻra, Lionel “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi va sobiq jamoadoshi Serxio Buskets bilan birga restoranda ovqatlangan. Bu xabar Messining sobiq jamoasi “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga ishonchni oshirdi.
Ayrim OAV xabarlariga qaraganda, Lionelning azaliy doʻsti Xavi omili uning qaytishida hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin. Messining oʻzi ham Kataloniya jamoasiga qaytishga vaʼda bergan, biroq qachon kelishini aniq aytmagan.
“Qachondir «Barselona”ga qaytaman, chunki bu mening uyim. Men klubga qoʻlimdan kelganicha yordam berishga harakat qilmoqchiman. Men qaytishni xohlayman», degan edi avvalroq Lionel.
Messining “PSJ” bilan shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. Ana shu muddat tugagan paytda u 36 yoshda boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring