Messi bilan bogʻliq kutilmagan bayonot berildi
“Barselona” futbol klubi prezidentligiga nomzod Xordi Farre Lionel Messi bilan bogʻliq kutilmagan bayonot berdi, deb yozadi TYC Sports.
Farrening aytishicha, u ushbu lavozimga saylangach, futbolchini bir yilga klubdan ketishi masalasini koʻrib chiqishga tayyor ekan.
«Agar Messi bizdan oʻzini "Nyuells Old Boyz"ga bir yilga qoʻyib yuborishimizni va keyin yana qaytib, oʻz faoliyatini "Barsa"da yakunlashini soʻrasa, xursand boʻlardik» — degan Farre.
Maʼlumot uchun, «Nyuells Old Boyz» Messi tugʻilgan shaharning jamoasi hisoblanadi. Avvalroq, «Barseloni»ning sobiq vitse-prezidenti Emili Russo ham Messi sport faoliyatini oʻz vatanida — Argentining mazkur klubida yakunlash variantini koʻrib chiqishda davom etayotganini bildirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring