Meros egasiz deb topilishi mumkinmi?
Qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosxoʻrlar boʻlmasa yoki merosxoʻrlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan boʻlsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi hokimlik yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasi boʻyicha meros ochilgan kundan 3 yil oʻtganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi.
Meros mol-mulk, agar uni qoʻriqlash va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, koʻrsatilgan muddat oʻtishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring