Merganlarimiz jahon chempionatiga tayyorlanishmoqda
Para oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari joriy yil sentyabr oyida Peru poytaxti Lima shahrida oʻtkaziladigan jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik koʻrishmoqda.
Merganlarimiz Mudofaa vazirligi qoshidagi sport klubida kuniga 2 mahaldan mashgʻulot olib borishmoqda.
Taʼkidlash kerakki, okean ortidagi dunyo birinchiligida Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyalar oʻynaladi. Shuni inobatga olsak, ushbu musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun nihoyatda masʼuliyatlidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring