“Mercedes-Benz” kompaniyasi “ChatGPT” ovozli yordamchisini taqdim etdi
Endilikda Mercedes avtomobil haydovchilari “ChatGPT” ovozli yordamchisi bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega.
16-iyundan boshlab, “MBUX” maʼlumot-koʻngilochar tizimi bilan jihozlangan Mercedes avtomobillari egalari “ChatGPT” tomonidan boshqariladigan beta-yangilash uchun roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
“Mercedes-Benz” kompaniyasining taʼkidlashicha, dasturiy taʼminot AQSHda 900 mingdan ortiq avtomobillarda mavjud boʻladi va mijozlar uni “Mercedes me“ ilovasi orqali yoki ”Hey Mercedes, men beta-test dasturiga qoʻshilishni xohlayman” ovozli buyrugʻi yordamida yuklab olishlari mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring