“Mening onam hamshira” — ijod va mehr uyg‘onishi
Toshkent shahridagi sog‘liqni saqlash muassasalarida “Mening onam hamshira” mavzusida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tashkil etildi.
Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazida hamshiralar farzandlari ishtirokidagi ijodiy ko‘rgazma o‘tkazildi. Rasmlar orqali bolalar onalariga bo‘lgan faxr va muhabbat tuyg‘ularini ifoda etishdi.
Tanlov g‘oliblari va faol qatnashchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar orqali soha vakillarining qadri, oilasi va farzandlariga bo‘lgan e’tibor yanada mustahkamlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring