Men uchun xalqimiz salomatligi hamma narsadan ustun va qadrli — Shavkat Mirziyoyev

13:04 18 Mart 2022 Siyosat
1245 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan muammolarning yechimlari va bugungi takliflar boʻyicha qisqa muddatda qarorlar qabul qilinishini taʼkidladi.

"Ularda barcha taklif va tashabbuslar, shuningdek, bugun bildiriladigan fikr-mulohazalar ham oʻz aksini topadi.

Bu maqsadlar uchun, 2022-yilda byudjetdan sohaga ajratilgan 24 trillion soʻmga qoʻshimcha 3,2 trillion soʻm berish boʻyicha hisob-kitoblar qilingan.

Barchangiz tushunasiz, hozir dunyoda sodir boʻlayotgan murakkab vaziyatda, sogʻliqni saqlash tizimi uchun, bunday katta mablagʻlarni izlab topish, albatta oson boʻlayotgani yoʻq.

Biz, xalqimiz salomatligi uchun, har qancha mablagʻ va kuch-imkoniyat sarflashga tayyormiz.

Shaxsan men uchun xalqimiz salomatligi, hamma narsadan ustun va qadrli", dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер