Men boʻlmaganimda Putin butun Ukrainani egallab olgan boʻlardi — Tramp
29-aprel kuni, AQSH prezidenti Donald Tramp “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin urushni toʻxtatishni istayotganini aytib oʻtdi. Bu haqida “Reuters” nashri xabar berdi.
“Agar men prezidentlik saylovida gʻalaba qozonmaganimda, hozir Putin butun Ukrainani qoʻlga kiritgan boʻlardi. Ayni paytda ishonamanki, Putin Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal qilishga tayyor hamda jangovar harakatlarni toʻxtatishni istaydi” — deydi Tramp
Shuningdek, Tramp Rossiya egallab olgan Ukraina hududlariga hamon hujum uyushtirayotgani hamda qamal ostidagi aholiga nisbatan jangovar harakatlar qoʻllayotganidan xursand emasligini qoʻshimcha qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring