“Mehrli maktab” filiallari tashkil etiladi

14:50 02 Aprel 2023 Jamiyat
1062 0

Foto: Arxiv surat

“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (134–son, 29.03.2023-y.) qabul qilindi.

“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi Hukumat qarori bilan tashkil etilgan.

Qarorga koʻra, gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasalarida “Mehrli maktab”ning filiallari 2023-2028-yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etiladi.

Filiallarning asosiy maqsadi davolanishda boʻlgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha taʼlim hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlimni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер