Kinematografiya agentligi tomonidan “Milliy kinematografiya – Yangi Oʻzbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.
Ertaga 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan soat 11:00 da «Oʻzbekfilm» kinokonserni katta pavilyonida Kinematografiya agentligi hamda DXX Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda “Vatan” kinostudiyasi tomonidan Hilol Nasimov rejissyorligida yaratilgan “Mehr” badiiy filmi OAV vakillari va kinoijodkorlar uchun premyera qilinadi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiyev, kartina direktori Shohrux Nasimov, kompozitor Shamsiddin Xolmurodov, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov, ikkinchi rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring