Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to'lanadi
2022-yil 1-sentyabrgacha “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan, kasb-hunar yoki xorijiy tillarga oʻqigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
➖ xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda (810 ming soʻm);
➖ yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda (540 ming soʻm);
➖ rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 350 ming soʻmgacha) kompensatsiya toʻlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring