Mehnat migrantlarining oylik maoshi undirib berildi

20:05 10 Aprel 2022 Jamiyat
1922 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga “Elektro Siti Svet” tashkilotida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonlik 53 nafar mehnat migrantlari 3 oylik ish haqini undirib berishni soʻrab murojaat qildi.

Vakolatxona xodimlari yurtdoshlarimiz ishlayotgan “Elektro Siti Svet” korxonasiga borib, uning rahbari bilan muzokara olib bordi.

Muzokaralar natijasida yurtdoshlarimizning 7.400.000 rubldan ortiq oylik maoshi undirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер