O‘zbekistonda yana bir nufuzli xorij institutining filiali ochilishi mumkin

18:57 14 Iyul 2018 Jamiyat
2454 0

Kuni kecha Moskva shahriga tashrif buyurgan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabar Abduvaxitov Rossiya TIV qoshidagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universitet) prorektori Artyom Malgin bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga qaraganda, suhbat chog‘ida Toshkent shahrida MDXMI filialini ochishga doir amaliy masalalar muhokama qilingan. Xususan, mazkur filialda mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishlari, xalqaro munosabatlar, biznes, ko‘rgazmaviy faoliyat va turizm kabi istiqbolli sohalarida yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalari to‘g‘risida so‘z bordi.

Shu kunning o‘zida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabar Abduvaxitov va O‘zbekiston Elchisi Bahrom Ashrafxonov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan “Xalqaro jurnalistika, madaniy diplomatiya va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishi bo‘yicha MDXMIning ikki haftali ta’lim dasturi yopilish marosimida qatnashdilar.

Kurslarning so‘nggi kunida tinglovchilar qarshisida Rossiya Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy va birinchi kanalning “Hayrli tong” dasturi boshlovchisi Dilbar Fayziyeva ma’ruza o‘qidilar.
Mashg‘ulotlar yakunida dasturning 28 ishtirokchisi so‘nggi attestatsiya sifatida o‘z taqdimotlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar va MDXMI sertifikatini oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер