MDH Inson huquqlari boʻyicha Komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

18:21 29 Noyabr 2023 Siyosat
351 0

2023-yilning 29-noyabr kuni Minsk shahrida MDH Inson huquqlari boʻyicha Komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Gibrid shaklida shaklida boʻlib oʻtgan muhokamalarda Oʻzbekiston, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston hamda Hamdoʻstlik Bosh kotibi va MDH ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etishdi. Delegatsiya tarkibida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi oʻrinbosari M.Tillabayev ham qatnashdi.

Tadbirda soʻz olgan MDH Bosh kotibi S.Lebedov ushbu Komissiya hamdoʻstlik mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilishda muhim vosita boʻlishiga umid bildirdi.

Yigʻilishda Komissiyaning 2024-2025-yilgi ish rejasiga inson huquqlarini himoya qilishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Komissiya aʼzolari ushbu yoʻnalishda MDHga aʼzo davlatlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashi taʼkidlandi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan bayonot qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер