MDH davlatlari xavfsizlik xizmatlarining rahbarlari Moskvada yigʻildi
РИА «Новости»
Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga (MDH) aʼzo davlatlar xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlarining razvedka masalalari boʻyicha yigʻilishi ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati matbuot byurosining qayd etishicha, yigʻilishda hamkorlikdagi ishlarning natijalari koʻrib chiqiladi, MDH davlatlari razvedka xizmatlarining kelgusidagi oʻzaro hamkorligining vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilinadi.
Yigʻilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Shu yilining oktyabr oyida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov MDHdagi hamkorlik chuqur salohiyatga ega va notinch davrlardan ishonch bilan oʻtishga imkon berishini taʼkidlagandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring