“McDonaldʼs” sunʼiy goʻshtdan taom tayyorlashni boshlamoqda
Dunyodagi eng yirik sunʼiy goʻsht ishlab chiqaruvchi “Beyond Meat“ kompaniyasi bir nechta tez taom tayyorlovchi yirik korxonalar, shu jumladan, ”McDonaldʼs” bilan mahsulot yetkazib berish borasida kelishuvga erishgan.
“Business Insider«ning yozishicha, ”McDonaldʼs” sunʼiy goʻshtdan “McPlant“ deb nomlangan yangi burger tayyorlaydi. Shu bilan birga ”McDonaldʼs” sunʼiy goʻshtdan boshqa taomlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Yaqin kelajakda “McDonaldʼs”ga sunʼiy choʻchqa va tovuq goʻshti hamda tuxum yetkazib berilishi kutilmoqda.
“Beyond Meat” shuningdek, “KFC“, ”Taco Bell“ va ”Pizza Hut” tez taomlar tayyorlovchi korxonalarga egalik qiluvchi “Yum! Brands” xoldingi bilan ham kelishuvga erishgan.
Avvalroq, sunʼiy goʻsht ishlab chiqaruvchi yana bir kompaniya — “Beyond Burger“ ”Starbucks“, ”Dennyʼs“ va ”Dunkinʼ” kabi korxonalar bilan shartnoma tuzgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring