Matematiklar 50 ming dollargacha mukofotlanadi

13:23 02 Oktyabr 2022 Jamiyat
1087 0

Foto: Illustrativ surat

Matematika sohasida fundamental va amaliy ilmiy izlanishlar natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot bilan yakka tartibda taqdirlanadi.

Mukofot 50 ming AQSH dollari ekvivalentidagi bir martalik puldan iborat boʻlib, 2 yilda bir marta Prezident tomonidan Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining taklifiga koʻra 3 ta yoʻnalish (fundamental sohadagi tadqiqot, yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot va iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqot) boʻyicha beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер