Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 11 — 17-aprel kunlari Kosova Respublikasida Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Dildora Mahkamova — kumush,
Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Malika Xojamuratova bronza,
Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi Nastarin Kamolova bronza medaliga ega chiqdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring