Matematika fanidan 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi yakuniy natijalari eʼlon qilindi

10:59 20 Fevral 2026 Jamiyat
337 0

Maʼlumki, joriy yilning 28-yanvar kuni 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan matematika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari eʼlon qilingan edi.

Ushbu natijalarga asoslanib, bugun, 20-fevral kuni olimpiadaning mutlaq gʻoliblari aniqlandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Quyidagi havola orqali yakuniy gʻoliblari roʻyxati bilan tanishishishingiz mumkin:

Maʼlumot uchun, mazkur olimpiadada hududlar kesimida matematika fanidan 7-sinflar boʻyicha 17 ming 954 nafar oʻquvchilar ishtirok etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер