Matematika fanidan 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari eʼlon qilindi
Joriy yilning 28-yanvar kuni 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan matematika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari maʼlum boʻldi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur olimpiadada hududlar kesimida matematika fanidan 7-sinflar boʻyicha 17 ming 954 nafar oʻquvchilar ishtirok etgan.
Quyidagi havola orqali natijalar bilan tanishishishingiz mumkin:
Maʼlumot uchun, natijalar boʻyicha apellyatsiya arizasini ushbu havola orqali qoldirishingiz mumkin boʻladi. Apellyatsiya arizalari 16-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring