Matbuot bilan hamnafas umr
Foto: Халқ сўзи
Bugun taniqli ijodkor, mohir publitsist, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Shuhrat JABBOROV tabarruk 70 yoshga toʻldi.
U oʻz mehnat faoliyatini “Oʻqituvchilar gazetasi” (hozirgi “Maʼrifat”) gazetasida boshladi. Shundan soʻng “Qishloq haqiqati” (hozirgi “Qishloq hayoti”) gazetasi, “Mushtum” jurnali, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasi tahririyatlarida faoliyat koʻrsatdi. 1997-yildan 2000-yilgacha nufuzli idorada mehnat qilgan ijodkor 2000-yildan “Xalq soʻzi” gazetasida ijodini davom ettirdi. Ayni paytda ushbu gazeta Bosh muharririning oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Qariyb yarim asrlik mehnat faoliyati davomida u oʻzining dolzarb mavzulardagi maqolalari, publitsistik chiqishlari bilan oʻquvchilar eʼtiborini qozondi.
Biz qadrli hamkasbimizni bugungi qutlugʻ yosh bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, mustahkam tani sihatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz! Kelgusi ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar yor boʻlishini Yaratgandan soʻrab qolamiz.
“Xalq soʻzi” hamda “Народное слово”
gazetalari tahririyati jamoasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring