Masjidlar ochildi(foto)

08:59 08 Iyun 2020 Jamiyat
1776 0

Bugun, 8-iyundan “yashil” hududlarda joylashgan masjidlar oʻz faoliyatini boshladi. Jomelarda erta tongdan kelgan namozxonlar ijtimoiy masofani saqlagan holda bomdod namozini ado etdilar. Shu bilan “yashil” hududlarda karantin mezonlariga amal qilgan holda fayzli ibodatlar boshlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
 

“Xalqimiz boshga tushgan sinovlarni ”Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir", degan oyati karimaga amal qilib, chiroyli sabr ila yengib oʻtmoqda. Chindan ham, har qaday qiyinchilik ortida yengillik borligini aholimiz oʻz faoliyatini qaytadan boshlayotgan jomelarimiz misolida yaqqol his etmoqda" deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, “Sariq” va “qizil” hududlar “yashil” hududga oʻtgandan soʻng u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер