Masjiddagi oʻgʻrilik: jinoyatchi qoʻlga olindi
16-sentyabr kuni “Choʻpon-ota” masjidida 21 yoshli Xusniddin K. 18 yoshli Jamshed R. namozga kirganligidan foydalanib, Jamshed R.ga tegishli boʻlgan va ichida shaxsiy buyumlar hamda 894.000 soʻm pul boʻlgan portfelni oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan. Tez orada u qoʻlga olindi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
Xusniddinga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
“Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Gʻaraz niyatli odamlar hatto tabarruk joylara ham uchrab qoladi, shuning uchun doim ogohlikni saqlab yuring. Qimmatli buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang” , deya ogohlantiradi IIBB.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring