Surxondaryoda mast xotin o‘z erini pichoqlab qo‘ydi
Surxondaryo viloyatida ichib olgan er-xotinning urushi ko‘ngilsiz voqea bilan tugadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, 26 may kuni viloyatning Sho‘rchi tumanida yashovchi R.O‘. ismli ayol o‘zining 43 yoshga to‘lishi munosabati bilan uyushtirilgan bazmda ko‘p spirtli ichimlik ichgan va mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida, mast holda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i I.M.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada I.M. kasalxonaga yotqizilgan. R.O‘. qo‘lga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring