Mast holatda uyida janjal ko‘targan fuqaro IIB ga olib kelindi

01:45 14 Noyabr 2021 Jamiyat
1521 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Jomboy tumanida mast fuqaro uyida janjal ko‘tarib, baqir-chaqir qilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.

2021 yil 13 noyabr kuni soat 21:30 larda Jomboy tumani Eski Jomboy qishlog‘ida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro T.A. spirtli ichimlik isteʼmol qilib, kuchli mastlik holatida o‘zining yashash xonadonida, yaqinlari bilan janjallashib, baqir-chaqir qilgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan profilaktika inspektori yetib borib, janjalning oldi olingan.

Fuqaro T.A. tuman IIBga olib kelinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер