Tokioda mashhur rejissyorga pichoq va kirka koʻtarib olgan erkak hujum qildi
Yaponiyalik mashhur rejissyor va shoumen Takeshi Kitano ketayotgan avtomobilga pichoq va kirka koʻtarib olgan erkak hujum qildi. Bu haqda Kyodo manbasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi Tokyo TV kanali televizion stansiyasi binosi yaqinida roʻy bergan. Hujum qilgan shaxs hodisa joyida ushlangan boʻlsa, 74 yoshli Kitano jabrlanmagan.
Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring