Mashhur futbolchi xayriya maqsadida futbolkasini auksionga qoʻydi
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski “Instagram”dagi sahifasida oʻzining dastxati tushirilgan libosini kimoshdi savdosiga qoʻyganini eʼlon qildi.
“Bu – mening futbolkam. Bu libosda Bundesligada “Shalke”ga qarshi bahsni oʻtkazganman va xet-trik qilganman. Men uni“ Less_app” loyihasi doirasida auksionga qoʻyaman va undan tushgan mablagʻ Polsha kasalxonalariga koronavirusga qarshi kurash uchun yuboriladi”, – deb yozgan polshalik hujumchi.
Maʼlumot uchun, Less_app – mashhur odamlarning kiyimlarini xayriya maqsadida sotadigan loyiha.
Hozirgacha Polshada 5955 kishida koronavirus aniqlangan boʻlib, 181 bemor vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring