Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Eronning “Istiqlol Tehron” klubi bosh murabbiyi Rikardu Sa Pintu isteʼfoga chiqarildi. Bu haqda klub oʻzining rasmiy sahifasida xabar berdi.
“Istiqlol” klubi asosiy jamoamizda ishlab kelgan Rikardu Sa Pintu bilan hamkorlikni tugatganini maʼlum qiladi.
“Istiqlol” sobiq bosh murabbiy janob Rikardu Sa Pintuning mehnatini yuqori baholaydi va unga omad tilaydi», — deb yoziladi klub bayonotida.
Fors matbuotida ushbu qaror qabul qilinishiga “Istiqlol”ning Osiyo chempionlar ligasi–2 turniridan chiqib ketgani sabab boʻlgani taʼkidlanmoqda.
Maʼlumot uchun, ushbu jamoada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Jaloliddin Masharipov va Rustam Ashurmatov toʻp surib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring