Mart oyining ilk kunida yurtimizda 95 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
2022-yil 1-mart holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 236596 (+95) nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikdan sogʻayganlar jami 233413 (+317) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1637 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 11 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring