Marsda yuzlab qora «oʻrgimchaklar» topildi

11:45 28 Aprel 2024 Dunyo
620 0

Foto: ЕКА

Mars sayyorasi yuzasida «oʻrgimchaklar»ga oʻxshash shakllar topildi. Qizil sayyora suratlari Yevropa kosmik agentligi (YKA) tomonidan taqdim etildi.

Bu hodisa Marsning janubiy qutbidagi «Inklar shahri» deb nomlanuvchi hududda kuzatilgan. Suratlarda yuzlab qora dogʻlar koʻrsatilgan, ularda har tomonga choʻzilgan mayda yupqa chiziqlar aks etgan. Qayd etilishicha, bu shakllar Marsdagi mavsumiy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻladi.

«Ushbu yupqa qora chiziqlar bahorgi quyosh nuri qish oylarida toʻplangan karbonat angidrid qatlamlariga tushganda paydo boʻladi», deb tushuntirdi mutaxassislar.

Bu quruq muzning pastki qatlamlarining gazga aylanishiga olib keladi. U toʻplanib, ustki muzni yorib oʻtadi va qattiq yuzada quyuq chang hosil qiladi. Aynan shu chang sayyora yuzasiga joylashib, oʻrgimchakka oʻxshash naqshni aks ettiradi. Qora dogʻlarning diametri 45 metrdan bir kilometrgacha yetadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер