Mars sayyorasiga oid yana bir sir oshkor boʻldi
Foto: ukrinform.ru
Kaliforniya Texnologiyalar Instituti mavjudligi uzoq vaqtlardan beri tushunib boʻlmaydigan deb hisoblangan Marsning janubiy qutbidagi muz qatlamlari paydo boʻlishining sirini ochishdi.
Ular bir nechta omillar, shu jumladan, sayyora oʻqining tebranishlari asosiy rol oʻynaganligini koʻrsatadigan modelni ishlab chiqishdi. Bu haqda “Phys.org” saytidagi press-relizda maʼlum qilindi.
Sirli tuzilma oʻzgaruvchan muzlatilgan karbonat angidrid qatlamlaridan va bir kilometr chuqurlikka choʻzilgan suvdan iborat. Nazariy jihatdan bunday tuzilma mavjud boʻlishi mumkin emas, chunki “quruq muz“ suv muziga nisbatan kamroq termal turgʻunlikka egadir.
Yangi model qayd etishicha, bunday holat uchta omil birlashtirilgandagina paydo boʻldi: sayyora oʻqining egilish burchagi oʻzgarishi, muzda quyosh nurining aks etishi darajasi va “quruq muz“ eriganida atmosfera bosimining koʻtarilishi.
Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi nazariy model sunʼiy yoʻldosh kuzatuvlari bilan mos kelgan va soʻnggi 500 ming yil ichida Marsning aylanish oʻqi oʻzgargani, natijada sayyoraning janubiy qutblari har xil miqdordagi quyosh nurlarini qabul qilganligini koʻrsatgan.
Yaʼni, “quruq muz“ yorugʻlik kam boʻlganda toʻplangan, quyosh nurlanishi choʻqqisi kelganida esa “sublimatsiya” (moddaning kristall (yoki qattiq) holatdan suyuq holatga oʻtmay turib, bevosita gaz holatga oʻtish jarayoni)ga uchragan. Biroq muzlatilgan karbonat angidrid bilan bir qatorda, oz miqdordagi suv muzi toʻplanib, karbonat angidridning pastki qatlamini himoya qilgan.
Eng qadimgi va eng chuqur muz qatlami 510 ming yil oldin, barcha karbonat angidrid atmosferada boʻlganida, haddan tashqari izolyatsiya davridan keyin hosil boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring