Marketpleyslar orqali 4 kunda 9 milliondan ortiq elektron chek shakllantirildi

21:06 04 Yanvar 2023 Iqtisodiyot
821 0

Foto: Illustrativ foto

Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilingan.

Tahliliy maʼlumotlar

Bugungi kunda Davlat reyestriga kiritilgan, soliq organlari axborot tizimlariga integratsiyalashgan marketpleyslar ish faoliyatini uzilishlarsiz odatdagi tartibda davom ettirmoqda.

2023-yilning 1-4-yanvar kunlari xaridlar uchun umumiy qiymati 262,3 mlrd soʻmlik 9,2 mlnta:

— elektron toʻlov tizimlarida 247 mlrd soʻmlik 9 mln ta;

— bank mobil ilovalarida 5,6 mlrd soʻmlik 125 ming ta;

— internet doʻkonlarida 9,7 mlrd soʻmlik 8 ming ta elektron chek shakllantirilgan.

Xarid summalaridan 428,1 mln soʻm keshbek hisoblangan.

Eslatib oʻtamiz, joylarda onlayn toʻlovlar:

— savdo shoxobchasida oʻrnatilgan QR-kodni skanerlab;

— nazorat-kassa texnikalaridagi QR-kodni skanerlab;

— toʻlov ilovasida shakllangan QR-kodni skanerlab;

— mobil ilovalar (toʻlov tizimi)da “lokatsiya” usulidan foydalanib toʻlov qilishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер