Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari Filippinga boradi
Foto: Illustrativ foto
Markaziy saylov komissiyasi Raisi oʻrinbosari B.Kuchkarov 7-may kuni Filippinda oʻtkaziladigan Osiyo mamlakatlari saylov komissiyalari Assotsiatsiyasining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi. Ushbu yigʻilishda Assotsiatsiya raisligini Filippin saylov komissiyasidan Rossiya Federatsiyasi MSKga oʻtkazish, global pandemiya davrida saylovlarni tashkillashtirish, saylov jarayonlarini boshqarishda zamonaviy menejment texnologiyalarini koʻrib chiqish hamda Assotsiatsiyaning 2022-2023-yillarga rejalashtirgan ish rejasini tasdiqlash masalalari koʻrib chiqiladi.
Yigʻilishda Assotsiatsiya rahbariy organlarini saylash masalasi ham kiritilgan boʻlib, unda Assotsiatsiya Raisi, rais oʻrinbosari va 5 ta toʻliq huquqli aʼzolari saylandi. Assotsiatsiya nizomiga koʻra (3.5.4-modda) hududiy-geografik mintaqalarning har biridan 2 nafardan vakil Assotsiatsiya aʼzoligiga saylandi. Assotsiatsiya rahbariy organining vakolat muddati 2 yil.
Shuningdek MSK Rais oʻrinbosari 9-may kuni Filippinda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Filippin Umummilliy saylovini ham kuzatadi. Filippinlik 65.7 million saylovchi keyingi 6 yillik uchun mamlakat rahbarlarini saylaydi.
Filippin Umummilliy saylovlarida saylovchilar: Prezident, vitse-prezident, senatorlar, vakillar uyi aʼzolari, gubernator, vitse-gubernator, Kengash aʼzoligi, shahar hokimi, vitse-shahar hokimi, Mahalliy Kengash maslahatchilari va proporsional tartibda partiyalarga ovoz beradilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring