“Markaziy Osiyo - Xitoy” sammiti ishtirokchilari tantanali kutib olindi

21:57 18 May 2023 Siyosat
906 0

Sian shahridagi Tan sulolasi bogʻida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib oldilar.

Marosimda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Birgalikda suratga tushildi.

Oliy martabali mehmonlarga saroy oldidagi maydonda Xitoyning boy tarixi va madaniyatini oʻzida aks ettirgan yorqin sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 19-may kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер