Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida oʻzgarishsiz saqlab qoldi
Ushbu qaror iqtisodiyotda bir vaqtning oʻzida inflyatsiyani oshiruvchi xatarlar va pasaytiruvchi omillarning mavjudligi sharoitida ijobiy real foiz stavkalarni taʼminlashga qaratilgan pul-kredit siyosati joriy yoʻnalishini saqlab qolish maqsadida qabul qilindi. Bu haqda MB xabar berdi.
Pandemiya sharoitida byudjet xarajatlarining ortishi va fiskal ragʻbatlantirish iqtisodiy jarayonlar va faollikni qoʻllab-quvvatlashning asosiy omillaridan boʻldi.
Foiz stavkalari karantin davriga qaramasdan I yarim yillik yakunlari boʻyicha ijobiy iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlariga erishish uchun sharoit yaratdi. Joriy yilning iyun-iyul oylarida narxlarning nisbatan sekinroq pasayishi va inflyatsiya prognozidan biroz ogʻishi kuzatildi.
Bunda, asosiy stavkani pasaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish masalasi keyingi boshqaruv yigʻilishlariga qoldirildi va inflyatsiya pasayish dinamikasining barqaror darajada shakllanishidan kelib chiqiladi.
Markaziy bank yil yakuni boʻyicha inflyatsiya prognozini 11-12,5 foiz darajasida oʻzgartirishsiz saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻrib boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring