Markaziy bank asosiy stavkani yillik 16 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi. Buning sabablaridan biri koronavirus

15:55 05 Mart 2020 Iqtisodiyot
885 0

Bu haqda MB tomonidan taqdim etilgan press-relizda maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan erkinlashtirilishi hamda koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayishi bilan izohlanadi.

Markaziy bank hisob-kitoblariga koʻra, inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020-yilning ikkinchi yarmida tariflar oʻsishining inflyatsiyaga taʼsiri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi.

Oʻtgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni koʻrsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan boʻlgan. Taʼkidlash joizki, ushbu sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, oʻz navbatida, qoʻshimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023-yilga kelib inflyatsiya boʻyicha maqsadli koʻrsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi.

Narxlarning oʻzgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyatsiyaga maʼlum darajada qisqa muddatli taʼsir koʻrsatishi mumkin, biroq bu, oʻz navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yoʻlidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining koʻpayishiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер