Maradonaning oʻlimi sababi maʼlum qilindi
1986-yilgi jahon chempioni Diyego Maradona yurak xurujidan vafot etgan.
Bu maʼlumotni futbol afsonasining advokati tasdiqladi, deya xabar bermoqda “EFE”.
3-noyabr kuni sobiq sportchiga boshida subdural gematomasi tashxisi qoʻyilgan. Ertasi kuni u operatsiya qilingan va 12-noyabr kasalxonadan chiqqan.
Maradona futbolchi sifatida “Arxentinos Xuniors”, “Boka Xuniors”, “Barselona”, “Napoli”, “Sevilya” va “Nyuells Old Boyz” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Argentina terma jamoasi tarkibida u 91 ta uchrashuvda qatnashgan va ularda 34 ta gol urgan.
1986-yilgi Jahon chempionatida Maradona musobaqaning “Eng yaxshi oʻyinchisi” deb tan olingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring