Maosh 2,5 ming yevro: oʻzbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinyapti

13:00 22 Iyul 2024 Jamiyat
497 0

Oʻzbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinyapti. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, sohalar:

  • avtomobil mexanigi — 1000 yevro;
  • CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi — 1100–2500 yevro.

Nomzodlar uchun talablar:

Avtomexanik:

  • avtomobilga texnik xizmat koʻrsatish qoʻllanmalaridan foydalanish;
  • avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;
  • diagnostika uskunalaridan foydalanish;
  • kamida 2-yillik tajriba;
  • rus yoki ingliz tillarini bilish;
  • 25–40 yosh.

Roʻyxatdan oʻtish (22-iyul soat 11:30 dan 24-iyul soat 14:00 gacha)

CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi:

  • Yevropaning barcha mamlakatlariga yuklarni tashish;
  • yuk tashish bilan bogʻliq hujjatlarni tushunish;
  • chip kartaning mavjudligi;
  • kamida 1-yillik tajriba;
  • rus yoki ingliz tillarini bilish;
  • 55 yoshgacha.

Roʻyxatdan oʻtish (22-iyul soat 11:30 dan 24-iyul soat 14:00 gacha)

Ish beruvchi hisobidan:

  • oʻquv va test sinovlari davomida yashash joyi;
  • sugʻurta;
  • hujjatlar va ish ruxsatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish.

Fuqaro hisobidan:

  • agentlik xizmatlari, oʻqitish va koʻniktirish;
  • viza uchun toʻlov;
  • ovqatlanish;
  • aviachipta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер