Mansabdor shaxslar bilan birgalikda davlat xaridlariga masʼul boʻlgan ijrochi xodimlarni ham javobgarlikka tortish taklif etilmoqda

13:53 22 Noyabr 2023 Jamiyat
312 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori oʻrinbosari Umida Tuxtasheva maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun bilan MJtKning 175(8)-moddasining (Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) sanksiyasi kuchaytirilib, jarima summasi miqdorini oshirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, ushbu modda bilan avval faqat mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilgan boʻlsa endilikda qonun loyihasiga koʻra, mansabdor shaxslar bilan birgalikda davlat xaridlariga masʼul boʻlgan ijrochi xodimlarni ham javobgarlikka tortish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, Yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish maqsadida Respublika oliy taʼlim muassasalarida Aksilkorrupsiya kovorking markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda va barcha oliy taʼlim muassasalarida talabalar uchun oʻquv seminarlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan YouthLed loyihasi ishlab chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер