Mansabdor shaxslar 5,4 mlrd soʻm byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi
Illyustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 2017-2019-yillarda manzilli Dastur ijrosi yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga “Oʻzelektroapparat-Elektroщit” AJ va Toshelektroapparat” MCHJdan elektrotexnik jihozlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali maqbul (optimal) narxlarda sotib olishga ruxsat berilganligi koʻrsatib oʻtilgan.
Biroq jamiyat mansabdor shaxslari elektrotexnik jihozlarni sotib olish haqida boshqa MCHJlar bilan shartnomalar tuzishib, 5,4 mlrd. soʻm byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Bundan tashqari, jamiyat mansabdorlari tomonidan “Oʻzelektroapparat-Elektroщit” AJ va “Toshelektroapparat” MCHJlardan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xarid qilingan transformator podstansiyalarining narxlariga nisbatan transformator podstansiyalarini 1,3 mlrd. soʻmga boshqa korxonadan qimmat narxda sotib olinib, davlat va jamoat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan “Samarqand HETK“ AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring