Manfaatli memorandum imzolandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi hamda Yaponiyaning “Onodera User Run” va “Willer Group” kompaniyalari oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu Memorandumning maqsadi Oʻzbekistonda haydovchilik va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish sohalarida professional koʻnikmalarga ega kadrlarni tayyorlash hamda ularni Yaponiyaga vaqtincha ishlash uchun yuborish boʻyicha uch tomonlama hamkorlik qilishdan iborat.

Hamkorlik shartlariga koʻra, “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv muassasalarida Yaponiyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolar yengil, tirkamali va yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositalari haydovchisi, yuk ortuvchi transport boshqaruvchisi hamda avtochilangar mutaxassisliklariga tayyorlanadi. Migratsiya agentligi, oʻz navbatida, tayyorlangan kadrlarning kunchiqar mamlakatga yuborilishini taʼminlaydi.
Yaponiya tomoni loyihasiga koʻra, Sirdaryo viloyatida haydovchilarni tayyorlash va tilga oʻqitishga ixtisoslashgan oʻquv markazi hamda avtodromi tashkil etiladi. Mazkur markazda dastlabki bosqichda 100 nafar, keyingi yillar davomida 1000 nafargacha fuqarolar oʻqitilib, ushbu mamlakatga ishga yuboriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning sentyabr oyida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi va Migratsiya agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan boʻlib, ushbu memorandumning asosiy maqsadi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan mamlakatimiz fuqarolarini shartnoma asosida xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish hisoblanadi. Shuningdek, ushbu hujjatda oʻqish davomida fuqarolarda vatanparvarlik tuygʻusini keng targʻib etish va ularda vatan tuygʻusi sifatlarini rivojlantirish belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring