“Manchester Yunayted” oʻz stadionini koronavirusga qarshi kurashishda foydalanishlari uchun taklif etdi
Angliyaning mashhur “Manchester Yunayted” futbol klubi oʻzining Old Trafford stadionini mamlakat Milliy sogʻliqni saqlash xizmatiga koronavirusga qarshi kurashishda foydalanishi uchun taklif etdi. Shunday qilib ushbu oʻyingoh vaqtinchalik donorlik punktlarining zaxira roʻyxatiga kiritildi.
Bugungi kunda Old Trafford peshtoqiga ilib qoʻyilgan Manchester United soʻzining faqatgina uchtasi yoqib qoʻyilyapti — NHS. Bu — National Health Service tashkiloti, yaʼni Milliy sogʻliqni saqlash tashkiloti nomining qisqartmasidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring