“Manchester Yunayted” “Barselona” futbolchisi uchun 70 million yevro taklif qildi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes uchun 70 million yevro toʻlashga tayyor. Bu haqida “90min” nashri xabar berdi.
Lekin ispaniyalik 22 yoshli futbolchi jamoadan ketmoqchi emas. “U Kataloniyada qolishni afzal koʻradi va shu yerda baxtli”, deyiladi manba xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, ayni paytda “koʻk-anorranglilar”ning moliyaviy holati yaxshi emas, shu bois klub ushbu transfer masalasini koʻrib chiqmoqda.
Maʼlumot uchun, Fermin Lopesning “Barselona” bilan shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring