“Manchester Siti” ishonchli hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 2-noyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 10-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Bornmut”ni qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 17-daqiqada mezbonlar tomonidan ochildi. Cherkining uzatmasidan soʻng Erling Holand gol kiritdi. Oradan 8 daqiqa oʻtib, mehmonlar futbolchisi Tayler Adams hisobni tenglashtirdi.
33-daqiqada yana bir bor Cherki va Holand kombinatsiyasidan soʻng, norvegiyalik futbolchi gol kiritdi. Birinchi boʻlim 2:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 60-daqiqasida Niko OʼReylli hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi. Yakunda ham tabloda ushbu hisob porladi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov esa maʼlum sabablarga koʻra, uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.
Maʼlumot uchun, “Manchester Siti” klubi keyingi oʻyinini 6-noyabr kuni oʻtkazadi. Oʻsha kuni jamoa UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Borussiya Dortmund” klubini qabul qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring