“Manchester City” Angliya Kubogi chorak finaliga chiqdi
“Manchester City” Angliya Kubogi 1/8 finali doirasida “Newcastle United” jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etdi.
Gʻoliblar tarkibida Omar Marmush dubl qayd etdi, yana bir gol esa Savinyo hisobiga yozildi. “Newcastle United”ning yagona javob toʻpini Xarvi Barns kiritdi.
Oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “shaharliklar”ning asosiy tarkibida maydonga tushib, uchrashuvning dastlabki daqiqasidan to oxirigacha harakat qildi. Sofascore portali futbolchining mazkur oʻyindagi ishtirokini 7,8 ballga baholadi.
“Manchester City”ning chorak finaldagi raqibi qurʼa tashlanganidan soʻng maʼlum boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring