Manba: Koronavirus aniqlangan oʻzbekistonlik ayol bilan birga 48 yoʻlovchi Parijdan uchib kelgan

12:45 15 Mart 2020 Jamiyat
1186 0

Koronavirus bilan kasallangani Oʻzbekistonda aniqlangan ilk bemor — ayol kishi, Toshkent shahridan. “Daryo” manbasining maʼlum qilishicha, u Fransiyada bir haftadan ortiq boʻlib, soʻng Vatanga qaytgan.

Manba ayolning aynan qachon Oʻzbekistonga kelganiga aniqlik kiritmadi. Flightradar24 maʼlumotiga koʻra, Uzbekistan Airways Parijdan Toshkentga soʻnggi ikki reysni 10 va 13-mart kunlari amalga oshirgan.

Koronavirusga chalingan ayol qaytgan reysda, birlamchi maʼlumotlarga koʻra, 48 yoʻlovchi, shuningdek, ekipaj aʼzolari boʻlgan. “Ularning barchasi izolyatsiyaga olinmoqda”, — dedi manba.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер